» » Uyi “snos”ga tushgan samarqandlik ayol: “Hokimga ham, uch bolamga ham o‘t qo‘yib yuboraman” (video)

Uyi “snos”ga tushgan samarqandlik ayol: “Hokimga ham, uch bolamga ham o‘t qo‘yib yuboraman” (video)


Samarqand viloyati Payariq tumani Mirzo Ulug‘bek mahallasi Katta Chopar ko‘chasida bir guruh fuqarolarning uyi “snos”ga tushdi. MY5 telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvi muxbirlari uyi buzilishi haqida ogohlantirish olgan fuqarolar bilan suhbatlashdi.

“O‘t qo‘yaman, hokimigayam, uchta bolamgayam, boshqa choram yo‘q. Uyim buzilsa men ko‘chada qolaman. 5 yil Turkiyaga borib ishlab kelib, bu uyni pulga sotib olganman. Uyga hujjat qilgandim, hujjatni ham noqonuniy deyishyapti. Yemay ichmay qilganman bu hujjatni”, — deydi shu ko‘chada yashovchi ayollardan biri.

Yana bir fuqaroning aytishicha, uning o‘g‘illari uy qurish uchun 10 yil Rossiyada ishlagan. “400 million so‘m ketdi shu uyni qurishga”, deydi u.

Payariq tumani hokimligi fuqarolarning uylari noqonuniy yerga qurib olinganini ta’kidlamoqda.

“Snos”ga tushgan uylarning ba’zilarida kadastr hujjati qilingan, ba’zilarida esa yo‘q. Payariq tumani hokimi Dilshod Musinov “snos” masalasi bo‘yicha aholiga izoh berdi.

“Agar noqonuniy qaror chiqarib bergan bo‘lsam men ham tayyorman javob berishga. Sud qarori bilan xulosa qilinadi. Fuqarolarga xuddi o‘zlarining uylari kabi uy qurib beriladi, shundan so‘ng buziladi”, – deydi hokim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют