» » G‘oyib bo‘lgan keniyalik o‘z dafn marosimi kuni mast holda topildi

G‘oyib bo‘lgan keniyalik o‘z dafn marosimi kuni mast holda topildi


G‘oyib bo‘lgan Keniya fuqarosi mast holda qo‘shni shahardan topilgach, uning dafn marosimi bekor qilindi, deb yozadi Daily Mirror.

Keniyalik mototaksichi Uilson Oluok uch hafta davomida uyiga kelmagan. Shakarqamish plantatsiyasidan erkak kishining jasadi topilgach, qarindoshlari uni Uilson deb o‘yladi va dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘ra boshladi.

Qabr qazib bo‘lingach, kimdir ularga yo‘qolgan taksichini Rongo shahrida ko‘rib qolishganini aytdi. Qarindoshlari aytilgan manzil bo‘yicha borib, haqiqatan ham Uilsonni topdi. U kuchli mastlik holatida barda o‘tirgandi.

G‘oyib bo‘lgan erkak bir necha hafta oldin uyiga qaytib borganini, ammo qattiq uyalganidan  qochib ketib, yangi hayot boshlashga qaror qilganini aytdi.

Quvonib ketgan oila a’zolari dafn marosimini bekor qilib, uning o‘rniga Uilsonning eson-omon qaytganiga bag‘ishlangan bayramni o‘tkazishdi. Uning o‘zi poklanish marosimini o‘taganidan keyin qishloqqa kiritiladi.

Опубликовано: admin (4-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют