» » Namangan shahrida hokimning uch nafar o‘rinbosari almashdi

Namangan shahrida hokimning uch nafar o‘rinbosari almashdi


Namangan shahar hokimligi apparatida muhim lavozim o‘zgarishlari yuz berdi. Bu haqda “Daryo” ga shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Muzaffar Abdullayev Namangan shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. U 1984-yilda Namangan viloyatining Uychi tumanida tug‘ilgan. 2006-yilda Namangan davlat universitetini tamomlagan.

2009—2017-yillarda Namangan viloyat moliya boshqarmasida bosh iqtisodchi, sektor mudiri, bo‘lim boshlig‘i vazifalarida ishlagan. 2017—2019-yillarda Namangan shahar moliya bo‘limi mudiri bo‘lgan.

2019-yildan hozirga qadar Namangan shahar hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Jobir Abdullayev Namangan shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2013-yildan hozirgacha Namangan shahridagi “Istiqbol” elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i bo‘lib ishlayotgan edi.

Ayubxon Bobomirzayev Namangan shahar hokimining o‘rinbosari — Investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi. U 2018-yildan shu paytga qadar shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2019, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 139) ( 0) ( 137) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют