» » Jizzax bojxona boshqarmasi tomonidan kontrafakt disklar savdosining oldi olindi

Jizzax bojxona boshqarmasi tomonidan kontrafakt disklar savdosining oldi olindi


Mo‘may daromad ilinjida turli filmlar, konsertlar, kliplar va boshqa materiallarni yashirin ravishda ko‘paytirib, pullayotgan va bojxona sarhadlari orqali noqonuniy olib o‘tishga urinayotgan “soxta tadbirkor”lik holatlarining oldini olish maqsadida respublika bojxonachilari tomonidan doimiy chora-tadbirlar olib borilib, sifatsiz, litsenziyalanmagan, kontrafakt tarzda ko‘paytirilgan DVD va SD disklarning sotilishi oldi olinmoqda. Bu haqda Jizzax viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Jumladan, yaqinda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan olingan tezkor ma’lumotga asosan, tegishli idoralar bilan hamkorlikda Jizzax tumani hududida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida, Jizzax tumani hududida yashovchi J.Sagatovning (maqoladagi ism-sharif o‘zgartirilgan) yashash xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, o‘z xonadonida hech qanday hujjatlarsiz MR-3 va MR-4 formatdagi har xil teleserial, badiiy va jangari filmlar, klip, konsert hamda qo‘shiqlarni qo‘lbola usulda DVD va CD disklarga yozib, sotish uchun tayyorlab qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor tadbir davomida xonadondan jami 3 135 dona kontrafakt DVD va CD disk hamda ularni ko‘paytirish uchun ishlatilgan kompyuter jamlanmalari va har xil rangli bo‘yoqlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan aniqlangan 29 ta holatda salkam 42 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют