» » Jurnalistlar uyushmasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bilan bog‘liq audioyozuv bo‘yicha huquq-tartibot idoralari o‘z xulosalarini bildirishi kerakligini ma’lum qildi

Jurnalistlar uyushmasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning bilan bog‘liq audioyozuv bo‘yicha huquq-tartibot idoralari o‘z xulosalarini bildirishi kerakligini ma’lum qildi


O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish tahdidi haqidagi audioyozuv bo‘yicha munosabat bildirdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli audio va matnli axborot keng tarqaldi. Agar unga ishoniladigan bo‘lsa, shahar hokimi so‘z erkinligi va jurnalistlar sha’niga nisbatan, nafaqat egallab turgan lavozimiga, balki umuman insoniylikka to‘g‘ri kelmaydigan so‘zlarni bildirgan.

Jurnalistlarimiz Uyushma tomonidan “Telegramm” kanalida ochilgan “O‘zbekiston Jurnalistlari guruhi” sahifasida ham ijtimoiy tarmoqlarda Jahongir Ortiqxo‘jayevga tegishli ana shu audio va matnli axborot paydo bo‘lgan paytdan boshlab bunday munosabat madaniyatsizlik ekani haqidagi o‘z fikr-mulohazalarini bildirishmoqda.

Qo‘shimcha qilib shuni alohida ta’kidlaymizki, Jurnalistlar uyushmasi tegishli huquq-tartibot idoralari ushbu holat yuzasidan o‘zlarining adolatli xulosalarini bildirishlari zarur, deb hisoblaydi. Inson sha’ni, jumladan jurnalist sha’ni va haq-huquqi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan va uning har qanday buzilishlari qonuniy baholanishi lozim.

16-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish tahdidi aks etgan audioyozuvi tarqaldi. “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi birinchilardan bo‘lib ushbu audiyozuvga munosabat bildirdi. Partiya holatni inson huquqlari va uning sha’ni, qadr-qimmati, daxlsiz huquqlarining buzilishi deb hisoblashini ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalistlarni yo‘q qilish bilan tahdid qildi (audio)

AOKA audioyozuv bo‘yicha o‘rganish olib borilayotgani hamda o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.

Xalq demokratik partiyasi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarga tahdidini xalq va davlatga hurmatsizlik deb baholagan bo‘lsa, “Milliy tiklanish” audioyozuv haqiqiyligi isbotlanmagunga qadar unga munosabat bildirishdan bosh tortgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют