» » Yevro—2020 yo‘lida. Portugaliya musobaqaga yo‘llanma oldi. Angliya va Fransiya g‘alabaga erishdi

Yevro—2020 yo‘lida. Portugaliya musobaqaga yo‘llanma oldi. Angliya va Fransiya g‘alabaga erishdi


Yevropa Chempionati—2020 saralash bosqichining 10-turidan o‘rin olgan 17-noyabr, yakshanba kunidagi uchrashuvlar o‘z yakuniga yetdi.

Portugaliya terma jamoasi so‘nggi turda Lyuksemburgga qarshi bahs olib bordi. Brunu Fernandesh va Krishtianu Ronalduning gollari mehmonlarga g‘alaba keltirdi. Bu g‘alaba portugallarni musobaqa final bosqichiga olib chiqdi. Biroq amaldagi chempion guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi.

Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Ukraina terma jamoasi so‘nggi daqiqalarda gol urib, safarda Serbiya bilan jangovar durang qayd etdi. Shu tariqa Andrey Shevchenko shogirdlari birinchi o‘rin bilan Yevro—2020 musobaqasiga yo‘l oldi.

Angliya terma jamoasi Kosova maydonida mehmon bo‘ldi. Dastlab 32-daqiqada Harri Uinks mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda inglizlar yana uchta to‘p kiritdi. 79-daqiqada Harri Keyn saralash bahslaridagi 12-golini urgan holda to‘purarga aylangan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Markus Reshford hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Meyson Maunt yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Fransiya terma jamoasi so‘nggi turda Albaniyaga qarshi maydonga tushdi. Korentin Tolisso va Antuan Grizmanning gollari frasuzlarga g‘alaba olib keldi. Turkiya esa Andorra uyiga tashrif buyurdi. Enes O‘nalning dubli turklarga navbatdagi uch ochkoni taqdim etdi. Islandiya esa Moldova ustidan g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yevro—2020 saralashi

10-tur bahslari

18-noyabr, yakshanba

Gollar: 1:0 – 9, penalti Tadich, 1:1 – 32 Yaremchuk, 2:1 – 56 Mitrovich, 2:2 – 90+3 Besedin.

Gollar: 0:1 – 39 Brunu Fernandesh, 0:2 – 86 Ronaldu.

Gol: 1:0 – 56 Bojikov.

Gollar: 0:1 – 32 Uinks, 0:2 – 79 Keyn, 0:3 – 83 Reshford, 0:4 – 90+1 Maunt.

Gollar: 0:1 – 8 Tolisso, 0:2 – 31 Grizmann.

Gollar: 0:1 – 17 Byarnason, 1:1 – 56 Milinchanu, 1:2 – 65 Sigurdsson.

Gollar: 0:1 – 17 O‘nal, 0:2 – 21, penalti O‘nal.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют