» » O‘zbekiston nomli davlat bayrog‘i shu vaqtgacha sakkiz marta o‘zgargan. Hozirgisi — eng chiroylisi!

O‘zbekiston nomli davlat bayrog‘i shu vaqtgacha sakkiz marta o‘zgargan. Hozirgisi — eng chiroylisi!


Dunyo xaritasida O‘zbekiston nomli mamlakat amalda 1924-yil oktabrida, rasman esa 1925-yil 13-mayida tashkil topgan. Shundan beri bu mamlakat bayrog‘i sakkiz marta o‘zgargan. Ularning dastlabki oltitasi bir chekkasiga O‘zSSR deb yozilgan qizil matodan ortiq narsa emasdi. Quyida, mustaqil O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun — 18-noyabr munosabati bilan tayyorlangan galereyada nafaqat O‘zbekiston, balki XX asr boshida mamlakat hududida bo‘lgan va yangi tashkil etilgan (keyinchalik tugatilgan) boshqa davlat va davlat ko‘rinishidagi tuzilmalar bayroqlari ham tanishishingiz mumkin.

O‘zbekiston SSR — Turkiston ASSR, Buxoro SSR va Xorazm SSR chegaralarining o‘zgartirilib, birlashtirilishidan tashkil topgan respublika edi. O‘z navbatida Buxoro va Xorazm respublikalari o‘rnida 1920-yilga qadar mos ravishda Buxoro va Xiva xonliklari bo‘lgan, Turkiston ASSRning sharqida esa 72 kun Qo‘qon muxtoriyati bayrog‘i hilpiragan.

Buxoro amirligining 1920-yil 1-sentabrgacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR)ning 1920-yil 20-sentabrdan 1921-yil 23-sentabrgacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Buxoroning 1921-yil 23-sentabrdan 1923-yil 11-noyabrgacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi (BSSR)ning 1924-yil 18-sentabrdan 1924-yil oktabrigacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Xiva xonligining 1917-yildan 1920-yilgacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR)ning 1920-yil 30-aprelidan 1921-yil mayigacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Xorazmning 1922-yil 23-oktabrdan 1923-yilgacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ning 1923-yil 23-oktabrdan 1924-yil oktabrigacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi (TASSR, yana bir nomi — Turkiston Sovet Respublikasi)ning 1919-yildan 1921-yilgacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Turkiston ASSRning 1921-yildan 1924-yilgacha amalda bo‘lgan bayrog‘i

Qo‘qon (Turkiston) muxtoriyati bayrog‘i (1917-yil 27-noyabrdan 1918-yil 22-fevralgacha)

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 118) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют