» » Dream City Tashkent City’da har xil kattalikdagi uylarni taklif etadi

Dream City Tashkent City’da har xil kattalikdagi uylarni taklif etadi


Har qanday xaridor singari Siz ham o‘zingiz uchun yuqori darajada qulaylikka ega bo‘lgan uy-joy sotib olishga qaror qildingizmi? Xonadon tuzilishini tanlash – bu turmushning funksionallik, qulaylik va sifatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir etuvchi qarordir.

Dream City kompaniyasi Tashkent City hududida joylashgan Boulevard turar joy majmuasidagi xonadonlarning eng ommabop tuzilishlarini taqdim etadi.

Umumiy maydoni 46 metr kvadrat bo‘lgan xonadon kichik oila uchun eng maqbul tanlov bo‘lsa, voyaga yetayotgan farzandlar uchun foydali sarmoya hisoblanadi. Bu turdagi xonadonlar ikkita yashash uchun xonalarga mo‘ljallangan bo‘lib, 20 metr kvadrat qismi oshxona hududi bilan birlashtirilgan mehmonxona uchun; 10 metr kvadrat qism esa yotoqxona uchun ajratilgan. Shuningdek, bu turdagi xonadonda birlashtirilgan yuvinish xonasi va hojatxona hamda ochiq balkon ham mavjud.

Umumiy maydoni 69 metr kvadrat ni tashkil etuvchi xuddi shu kabi ikki xonali uy - 30 m2 maydonga ega keng mehmonxona, 10 metr kvadrat maydonni tashkil etuvchi yotoqxona, shuningdek ochiq balkonga chiqish imkoni bor oshxona hamda ikkita yuvinish xonalaridan iborat. Bunday xonadonlar farzandi bor kichik oilalar uchun yoki keng va yorug‘ xonalarni afzal ko‘ruvchilar uchun shinamlik baxsh etadi.

100 metr kvadrat – katta oilalar uchun ajoyib taklif. Bu turdagi uylarning tuzilishi uchta yashash xonalari – 30 metr kvadrat maydonga ega mehmonxona, 14 metr kvadrat maydonni tashkil etuvchi kattalar yotoqxonasi va 11 m2 kattalikdagi bolalar xonasini o‘z ichiga oladi. Kengligi 9 metr kvadrat ni tashkil etuvchi, ochiq balkonga ega keng oshxona uyga o‘zgacha fayz baxsh etadi. Bundan tashqari, xonadonlarda 2 ta yuvinish xonalari hamda garderob xizmatini o‘tashi mumkin bo‘lgan kir yuvish xonalari ham rejalashtirilgan.

Umumiy maydoni 114 metr kvadratni tashkil etuvchi uylar – bu keng, yorug‘ va ko‘p funksiyali turar joyni afzal ko‘radiganlar uchun eng qulay sharoitlarni taqdim etuvchi makon. Keng mehmonxonaning maydoni 26 metr kvadratni tashkil etsa, kattalar yotoqxonasi kengligi 15 metr kvadratga teng, bolalar xonasi esa 13 metr kvadrat kattalikka ega. Bu turdagi uylarda oshxona maydoni katta, shu bilan birga ikkita yuvinish xonalari, kir yuvish xonasi, garderob, ikkita balkon va albatta – maydoni 29 metr kvadratni tashkil etadigan ajoyib terrasalar barpo etilishi ko‘zda tutilgan. Bu yerda siz ishdan so‘ng xordiq chiqarishingiz va toza havoda maroqli vaqt o‘tkazishingiz mumkin.

Yuqoridagilardan qay birini tanlashingizdan qat’iy nazar — tanlovingiz kelajak uchun kiritilgan foydali sarmoya bo‘lib qoladi. Tanlang, savdo ofisimizga tashrif buyuring va ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislarimiz barcha savollaringizga javob berishadi.

Taklif etilayotgan barcha uylarning tuzilishlari xonadon egalari tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.

Yagona axborot markazi: (+998) 71?202?22?22

Savdo ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar Do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram

Facebook

Instagram

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют