» » Eriell group: uglevodorod xomashyosi qazib olishni oshirishning yangi usullari

Eriell group: uglevodorod xomashyosi qazib olishni oshirishning yangi usullari


Koltyubing texnologiyalarini rivojlantirish orqali ular sanoatda tobora izchil qo‘llanib kelinmoqda. Mana 35 yildan buyon neft va gaz qazib olish amaliyotida ushbu texnologiyalardan neft va gaz konlarini o‘rganish va ekspluatatsiya qilish jarayonida turli operatsiyalarni bajarish, shu jumladan, burg‘ilash uchun foydalanib kelinmoqda. Neft va gaz konlarini o‘rganish va ekspluatatsiya qilishda koltyubing texnologiyalari neft va gaz quduqlarini ularning ekspluatatsiya rejimini buzmagan (to‘xtatmagan) holda bosim ostida ta’mirlash ishlarini amalga oshirish (quduqlarni berkitmagan va nasos-kompressor quvurlari kolonnalarini ko‘tarmagan holda ta’mirlash va texnologik operatsiyalarni amalga oshirish) imkonini beradi.

Bundan tashqari, koltyubing texnologik operatsiyalari haydash quduqlarida, burg‘ilash ishlarida (eski quduq kolonnasidan egiluvchan quvurlar bilan qo‘shimcha gorizontal o‘zaklarni burg‘ilashdan quduqlarni qazishning to‘liq texnologik jarayonigacha), quduqlarni o‘zlashtirishda, quduq o‘zagining geofizik kuchli qiyshaygan va gorizontal uchastkalarida hamda boshqa ishlarda qo‘llaniladi. Bunda an’anaviy quduqlarni kapital ta’mirlash (QKT) ishlaridan farqli ravishda koltyubing uskunalari bilan ishlarni olib borish 2-3 baravar kam vaqt talab etadi, buning oqibatida ta’mirlashga doir umumiy xarajatlar kamayadi, quduqlarning turib qolish vaqti qisqaradi, an’anaviy usullar orqali bajarish mumkin bo‘lmagan texnologik operatsiyalarning aksariyatini bajarish imkoni beriladi va oxir oqibatda neft va gazni qazib olish hajmi ko‘payadi.

Shunga ko‘ra, Eriell group kompaniyasi “Qultak” konining 31-sonli va “Dengizko‘l” konining 206-sonli quduqlarida “O‘zbekneftegaz” AJ bilan birgalikda koltyubing uskunalaridan foydalangan holda katta hajmli kislota bilan qayta ishlash ishlarini amalga oshirdi. Natijada keltirilgan quduqlarning sutkalik debiti 1,5-2 baravar oshdi.

O‘zbekistonda uglevodorod xomashyosini qazib olishni oshirish ishlari davom etmoqda.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют