» » S&P Global Ratings “Orient Finans” bankning uzoq muddatli reytingini oshirdi

S&P Global Ratings “Orient Finans” bankning uzoq muddatli reytingini oshirdi


2019-yil 14-noyabr kuni S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi XATB “Orient Finans” bankning yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishganligini inobatga olib, uning uzoq muddatli reytingini “B-” dan “B” gacha oshirdi, hamda bankning qisqa muddatli reytingini “Ijobiy” prognozi bilan “B” bosqichda tasdiqladi.

XATB “Orient Finans” reytinglarining oshirilishi bank faoliyatida erishilgan yuqori moliyaviy ko‘rsatkichlar va kreditlash sur’atlarining o‘sishi natijasida bank kapitalining sezilarli darajada oshganini aks ettiradi.

Qayd etish joizki, 2019-yil yanvar oyida S&P Global Ratings xalqaro reyting agentligi tomonidan XATB “Orient Finans” kredit reytinglari prognozi “Barqarordan” “Ijobiyga” qayta ko‘rib chiqilgan edi.

Yaqin 12—18 oy davomida bank moliyaviy ko‘rsatkichlari joriy holatda qolishi ta’minlansa, xususan, kapitalni barqaror boshqarish siyosati davom ettirilib, kreditlash jarayonida yo‘qotishlar bo‘lmasa, hamda, bank biznes faoliyatida o‘sish sur’atlari kuzatilsa, XATB “Orient Finans” bankga berilgan “Ijobiy” prognozi reytingini yanada ko‘tarish imkoniyati mavjud.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 89) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют