» » Farg‘onalik erkak norasmiy xotini bilan birga o‘z ayoli va 2 bolasini tiriklayin kanalga tashlab yubordi (video) 

Farg‘onalik erkak norasmiy xotini bilan birga o‘z ayoli va 2 bolasini tiriklayin kanalga tashlab yubordi (video) 


Farg‘onada 29 yoshli erkak shar’iy nikohdagi xotini bilan kelishib, hali qonunan ajrashmagan rafiqasi va ikki nafar farzandini Katta Farg‘ona kanaliga tashlab yubordi. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, erkak va ayolni bunday qotillikka qo‘l urishga 22 million so‘mlik aliment puli majbur qilgan.

29 yoshli Laziz Haydarov birinchi xotini bilan 2011-yilda turmush qurgan hamda 2013-yilda ajrashgan. Ularning ikki nafari farzandi bor edi. Ajrimdan so‘ng Laziz Haydarovga voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment to‘lash majburiyati yuklangan. Biroq u bir necha yillar mobaynida otalik burchini bajarmagan, aliment qarzi esa 22 milliondan oshib ketgan.

2019-yilning aprel oyida aliment masalasi Bag‘dod tuman ma’muriy ishlar bo‘yicha sudida ko‘rib chiqildi hamda Laziz Haydarovga 15 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Birinchi turmush o‘rtog‘ining “Alimentlarni oldim” mazmunidagi tilxati asosida ma’muriy qamoqdan ozod etilgan Laziz Haydarov bu orada Gulsanam Qodirova bilan shar’iy nikohda yashab kelayotgan edi.

Sud hukmi bilan Laziz Haydarov 19 yilga, Gulsanam Qodirova esa 13 yilga ozodlikdan mahrum etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют