» » Britaniyalik erkak Shervud o‘rmonidan XV asrga oid uzuk topib oldi (foto)

Britaniyalik erkak Shervud o‘rmonidan XV asrga oid uzuk topib oldi (foto)


Britaniyada havaskor xazina izlovchi Robin Gud qaroqchilik qilgan mashhur Shervud o‘rmonida O‘rta asrlarga oid firuza rang toshi bor oltin uzuk topib oldi. Bu haqda Daily Mail xabar bergan.

Nashrning yozishicha, 37 yoshli Mark Tompson Notingemshir (ikkinchi nomi Shervud) o‘rmoniga metall izlovchi maxsus qurilmasi bilan borgan va u yerda XV asrga oid juda yaxshi saqlangan tilla uzukni topgan.

Uzuk tilladan yasalgan va 9,8 millimetrga 7,85 millimetr to‘g‘ri burchakli ko‘k rangdagi toshga ega. Uzukning ikki yoniga Yelizaveta Vengerskaya va chaqaloq Iso tasviri tushirilgan.

Mavzuga doir: BAAdagi ko‘rgazmada 7777 ta brilliant bilan bezatilgan uzuk namoyish etilmoqda

Britaniya muzeyi uzukni o‘rganib chiqqanidan keyin buyumning O‘rta asrlarda Shervud atrofida yashagan zodagonlarga tegishli bo‘lganini taxmin qildi. Topilmaning qiymati ekspertlar tomonidan 50 ming funt sterlingga (65 ming AQSh dollari) baholandi.

“Robin Gud ushbu uzukni ham kambag‘allarga ulashish uchun boylardan o‘g‘irlagan”, — deya qayd etgan mutaxassislar.

Mavzuga doir: Dunyodagi eng qadimiy javohir Abu-Dabidagi ko‘rgazmada namoyish qilinadi

Tompsonning o‘zi uzuk sotuvidan tushgan mablag‘ evaziga yangi uy sotib olishni rejalashtirmoqda.

Avval Britaniyada Miki Kerol ismli erkak lotereyadan yutib olgan 9,7 million funt sterling (qariyb 12,5 million dollar)ni ichkilikka sarflab yuborgani, Dorset grafligida yashovchi boshqa bir britaniyalik erkak esa uyida yillab chang bosib yotgan eski choynakni bir million funt sterlingga sotgani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют