» » O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish, neft va gaz qazib olish kamaydi

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish, neft va gaz qazib olish kamaydi


O‘zbekistonda 2019-yilning yanvar—oktabr oylarida yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasida keltirilgan ma’lumotlar guvohlik bermoqda.

Qayd etilishicha, 2018-yilning shu davrida 966,8 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda 839,5 ming tonna ishlab chiqarilgan.

Dizel yoqilg‘isini ishlab chiqarish hajmida ham pasayish kuzatilgan. 2018-yilda 900,1 ming tonna dizel ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2019-yilda 839,2 ming tonna ishlab chiqarilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston 2019-yil yanvar—oktabr oylarida neft qazib olishni 584,1 ming tonnagacha qisqartirdi. O‘tgan yilning shu davrida 624,3 ming tonna neft qazib olingandi.

Tabiiy gaz qazib olish ham kamayib, qariyb 49,3 milliard metr kubni tashkil etdi. 2018-yilning shu davrida 49,8 milliard metr kub qazib olingandi.

Mavzuga doir: Qozog‘iston O‘zbekiston tufayli benzinni olib chiqib ketishga taqiq qo‘ydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют