» » Toshkentdagi “Matbuotchilar uyi” yana sotuvga qo‘yildi

Toshkentdagi “Matbuotchilar uyi” yana sotuvga qo‘yildi


Toshkent shahri markazida joylashgan “Matbuotchilar uyi” binosi ikkinchi marta auksionga qo‘yildi. Mazkur obyekt 2018-yilning aprel oyida ham sotuvga qo‘yilgan edi.

2016—2017-yillarda Toshkent shahar hokimligi qarori bilan “O‘zsanoatqurilishbank”dan “Toshbozorsavdo” uyushmasi uchun shahardagi bozorlarni rekonstruksiya qilish uchun mablag‘ olingan. Garov ta’minoti sifatida esa “Matbuotchilar uyi” ko‘rsatilgan.

Oradan bir yarim yil vaqt o‘tishiga qaramasdan uyushma tomonidan kredit qarzlari qoplanmagan. Oqibatda “Matbuotchilar uyi” Mirobod tumani Majburiy ijro byurosi tomonidan auksionga qo‘yilgan.

“Toshbozorsavdo” tomonidan kredit qoplanmaganligi oqibatida shahar markazidagi jurnalistlar binosi o‘z bahosidan ancha arzon miqdorda auksionga qo‘yilgani kinoya bilan “uyushtirilgan spektaklga” o‘xshatilgan edi.

OAVdagi chiqishlardan so‘ng o‘sha vaqtda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev mazkur ish hujjatlari qayta ko‘rib chiqilganini ma’lum qilgan va “Toshbozorsavdo” bankka kredit pullarini o‘z hisobidan to‘lashi belgilangan edi.“Matbuotchilar uyi” kredit garov ta’minoti sifatida bekor qilingan. Bino esa avvalgidek Toshkent shahar hokimligi tasarrufida qolgan edi

Iqtisodiy sudning 2019-yil 4-sentabrdagi qaroriga asosan bno qaytadan savdoga qo‘yildi. Ayni paytda e.auksion.uz saytidagi ochiq auksionda bu bino haqida yana ma’lumot paydo bo‘lgan.

Matbuotchilar ko‘chasi 32-uyda joylashgan ma’muriy binoning 3, 4, 5, 6, 7-qavatlari va chordoq qismi iqtisodiy sudlarning ijro hujjatiga asosan sotuvga qo‘yildi.

Bino 18,75 milliard so‘m narx bilan savdoga qo‘yilgan. Auksionning 2019-yil 5-dekabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan, unda qatnashish uchun arizalar esa 3-dekabrga qadar qabul qilinadi.

Mazkur binoda asosan matbuot vakillari, ya’ni gazeta va jurnallar tahririyati joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют