» » YXHT vakili va Buyuk Britaniya elchisi Toshkent hokimining jurnalistlarga tahdidiga munosabat bildirdi

YXHT vakili va Buyuk Britaniya elchisi Toshkent hokimining jurnalistlarga tahdidiga munosabat bildirdi


Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir Toshkent hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning “Kun.uz” jurnalistlariga tahdidi haqidagi xabarlardan xavotirda ekanlgini bildirdi.

“O‘zbekistonda yuqori mansabli shaxsning “Kun.uz” jurnalistlariga tahdididan xavotirdaman. Bu vaziyat bo‘yicha Bosh prokuraturaning tezkor munosabatini olqishlayman va batafsil o‘rganish olib borilishiga va jurnalistlarning xavfsizligi ta’minlanishiga umid qilaman”, — deb yozgan Arlem Dezir o‘zining Twitter’dagi sahifasida.

Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot ham mazkur vaziyatga o‘z munosabatini bildirdi.

“Afsuski, hali Toshkent hokimi bilan uchrasha olmadim. Men uning yaqinda qilgan bayonotlaridan xavotirdaman. Jurnalistlarning xavfsizligi — OAV erkinligining asosiy prinsipi. Buyuk Britaniya har doim jurnalistlar va erkin OAVlar himoyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Umid qilamanki, uchrashganimizda bu masalani muhokama qila olamiz”, — deb yozgan elchi Twitter’da.

Eslatib o‘tamiz, 16-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning jurnalistlarni yo‘q qilish, geyga chiqarish bilan tahdid qilgani haqidagi audio yozuv tarqalgan edi.

Hokimning jurnalistlarga tahdidini “Adolat”, O‘zXDP, O‘zLiDeP partiyalari, shuningdek, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi qoralab chiqqan, Bosh prokuratura va Adliya vazirligi ushbu holat yuzasidan o‘rganish olib borayotganini ma’lum qilgandi. Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zi haqorat va tahdid qilgan jurnalistlar bilan uchrashgach, tushunmovchilikka barham berilgan.

AOKA rahbari Komil Allamjonov Jahongir Ortiqxo‘jayevning haqorat va tahdidlariga to‘laqonli huquqiy baho berilishiga ishonch bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют