» » Isroil Madrimov WSB’da haftaning eng yaxshi bokschisi bo’lish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi

Isroil Madrimov WSB’da haftaning eng yaxshi bokschisi bo’lish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi


Shu yilning 1-aprel kuni Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasida Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning “C” guruhi 5-turida Uzbek Tigers jamoasi Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi jang o‘tkazib, 4:1 hisobida zafar quchdi.

Mazkur janglardan birida -75 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Isroil Madrimov raqibi Saparbay Aydarovni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Mavzuga doir: Uzbek Tigers jamoasi Astana Arlans’ni mag‘lub qilgan uchrashuv videosharhi

Bu g‘alabasi orqali Isroil Madridmov haftaning eng yaxshi bokschisi bo‘lish uchun nomzodga aylandi, deb yozadi UzReport. Ushbu so‘rovnomada o‘zbekistonlik bokschilan tashqari kolumbiyalik Dos Santos hamda kubalik Osli Iglesias ishtirok etyapti. So‘rovnoma WSB’ning Twitter’dagi sahifasida o‘tkazilmoqda.

Qayd etish joiz, bundan avvalgi turda WSB o‘tkazgan so‘rovnomada Uzbek Tigers jamoasi a’zosi Shahram G‘iyosov haftaning eng yaxshi bokschisi deb topilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 91) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют