Navoiyda bir oilaning uch vakiliga fuqarolik pasporti topshirildi
Prezidentning joriy yil 22-fevraldagi Farmoniga asosan navoiylik Ne’matillo Mo‘minov, uning farzandlari Nu’monjon Rahimov va Maftuna Mo‘minova O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilindi. Bu haqda “Do‘stlik bayrog‘i” gazetasi xabar bermoqda.
Pasportlarni viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari F. Soliyev tantanali ravishda topshirdi.
— Bugun oilamiz uchun unutilmas, quvonchli kun bo‘ldi, — deydi N. Mo‘minov. — O‘g‘lim Nu’monjon va qizim Maftuna bilan bir vaqtda respublika fuqarolik pasportini oldik. Farzandlarim Navoiy viloyati hududida tug‘ilib, tarbiyalanmoqda. Bu ishonch mamlakat ravnaqi yo‘lidagi harakatlarimizga yanada kuch bag‘ishlaydi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Добавить комментарий!
