» » UzAuto Motors’da mijozlar avtomobillarning yangi rangini buyurtma qilish imkoniga ega bo‘ldi

UzAuto Motors’da mijozlar avtomobillarning yangi rangini buyurtma qilish imkoniga ega bo‘ldi


UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillari uchun yangi ranglar qo‘llay boshladi. Kompaniya matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi ranglar avtomobillarning barcha modellariga joriy qilingan bo‘lib, ularga shartnoma tuzish hozirdan boshlangan.

Modellar qatoriga yangi GYM (yorqin kulrang) va GUM (to‘q rangli firuza) ranglari kiritildi. Yangi ranglar avval ishlab chiqarilgan GJT (yashil) hamda GQM (to‘q ko‘k) ranglarning o‘rniga joriy qilinmoqda.

Qayd etilishicha, yangi ranglar mijozlarning buyurtmasi asosida ishlab chiqariladi va 2019-yil oxirida yetkazib berila boshlanadi.

Avvalroq 2019-yilning iyul oyida o‘tkazilgan press-tur doirasida avtomobillarga yangi ranglar joriy qilinishi xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют