» » Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollar qarz ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonga 500 mln dollar qarz ajratadi


Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekistonga 500 million dollar qarz ajratadi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Joriy yil iyulida O‘zbekiston hamda bank o‘rtasida yarim milliard AQSh dollari miqdoridagi qarz bitimi imzolangan. Qarzni so‘ndirish muddati 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 30 yil.

Ajratiladigan qarz Jahon banki ishtirokida “O‘zbekistonda bozor islohotlarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirish doirasida respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, XTTB tomonidan ajratiladigan qarzdan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul hisoblanadi. Markaziy bank, Davlat statistika qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Moliya vazirliklari loyihani amalga oshirish agentlari hisoblanadi.

Qarzni so‘ndirish, foizlar, komissiyalar va boshqa to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют