» » Video: Jizzaxda o‘quvchilar kaltaklandi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xizmat tekshiruvini boshladi

Video: Jizzaxda o‘quvchilar kaltaklandi. Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xizmat tekshiruvini boshladi


Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasi Sharof Rashidov tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlarda berilgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Jizzax viloyati xalq ta’limi boshqarmasining 18-noyabrdagi 173-sonli buyrug‘i bilan tezkor ishchi guruhi tuzilib, bugungi kunda Sharof Rashidov tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida xizmat tekshiruvi ishlari olib borilmoqda.

21-sonli maktabning 8-“v” sinf rahbari Ziyat Pardayev 22-oktabr kuni o‘zi rahbarlik qilayotgan sinf o‘quvchilari Umurzoq Nazarqulov, Og‘abek Ravshanov hamda Sherali Ishpo‘latovni sababsiz darsga qatnashmasdan ko‘chada yurganligini aniqlagan. Shundan so‘ng, sinf rahbari Ziyat Pardayev o‘quvchilarni mashinasida ko‘chadan olib kelgan hamda sinfga olib kirib pedagoglarga xos bo‘lmagan xatti-harakatlar bilan jazolagan.

Maktabning 8-“v” sinf o‘quvchilarning 2019—2020-o‘quv yili 1-choragi davomati o‘rganilganda, sinf rahbari tomonidan jazolangan o‘quvchilar muntazam ravishda dars mashg‘ulotlariga kechikib kelishlari va sababsiz dars qoldirishlari ma’lum bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan videolavha bo‘yicha maktab jamoasi, ota-onalar qo‘mitasi, kuzatuv kengashi a’zolari hamda o‘qituvchilar bilan kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

“Ushbu holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi hamda tuman prokuraturasi xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Farg‘onada darsga kech qolgan o‘quvchilar maktabga kiritilmayotgani haqidagi videoni tarqatgan fuqaro uzr so‘ragani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют