» » Ilon Mask Las-Vegas ostida tezkor avtomobil tunneli qurilishini boshladi

Ilon Mask Las-Vegas ostida tezkor avtomobil tunneli qurilishini boshladi


Ilon Maskka tegishli The Boring Company kampaniyasi Las-Vegas ostida tezkor avtomobil tunneli qurilishini boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Uzunligi 1,5 kilometr bo‘lgan tunnel Las-Vegas Convention Center anjumanlar markazining bir necha korpusini birlashtiradi.

Uning ikki yer osti magistralida 16 kishiga mo‘ljallangan haydovchisiz transport vositasi harakatlanadi, yana biri piyodalar o‘tish yo‘li bo‘ladi.

Loop deya nom olgan tunnelning chuqurligi 12 metrni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, Mask 2018-yil dekabrida Los-Anjeles ostida birinchi transport yer osti tunnelini ishga tushirgandi.

Mavzuga doir: Ilon Mask Los-Anjeles ostidagi ilk yer osti tunnelini ochib berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 36) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют