» » O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdorini keskin ko‘paytirish taklif qilinmoqda

O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdorini keskin ko‘paytirish taklif qilinmoqda


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi tomonidan ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonun loyihasi yuzasidan fraksiyalararo munozara o‘tkazildi, deb xabar beradi parlament matbuot xizmati.

Fraksiyalararo munozaradan ko‘zlangan asosiy maqsad mehnat munosabatlari bo‘yicha qonun hujjatlariga kiritilayotgan institutsional o‘zgarishlarni muhokama qilish va mutaxassislar, ekspertlar fikrlarini hisobga olgan holda, aholi bandligiga oid qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan yakdil to‘xtamga kelishdan iborat bo‘ldi.

“Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonunining yangi tahririda “ish bilan ta’minlash” tushunchasini “aholi bandligi” tushunchasi bilan almashtirib, “Aholi bandligini ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston qonuni loyihasi tartibida ko‘rib chiqish taklifi inobatga olindi.

Qonun loyihasida aholining butun umr davomida uzluksiz ta’lim olishi g‘oyasini ishsiz aholiga yuksak milliy va xalqaro standartlar asosida, ayniqsa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tizimida yaratilayotgan kasb-hunar markazlarida o‘qitish orqali ta’minlash huquqiy jihatdan mustahkamlandi. Bu o‘rinda ishsizlar uchun stipendiyalar miqdorining ish haqining eng kam miqdori bazasida keskin oshirilayotgani, ishsizlarni kasbga o‘rgatish jarayonining takomillashtirilayotgani va ishchi kuchi sifatini sertifikatlashning qonunchilik amaliyoti joriy etilayotganini ta’kidlash zarur.

Qonun loyihasida ishsizlarni kuchli ijtimoiy himoya qilishning muhim tadbirlari, xususan, ishsizlik nafaqasi miqdorini, aholi bandligini faollashtirish va uning samarasini oshirishni davlat tomonidan moliyalashtirishni keskin ko‘paytirish nazarda tutilgan.

Yig‘ilish yakunida qo‘mitaning yangi tahrirdagi mazkur qonun loyihasini yanada takomillashtirishga qaratilgan tegishli taklif va tavsiyalari ishlab chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют