» » Samsung Galaxy S8 flagmanining narxi haddan tashqari baland deb topildi

Samsung Galaxy S8 flagmanining narxi haddan tashqari baland deb topildi


GSM Arena nashri Samsung Galaxy S8 smartfonining baland narxi qanchalik o‘rinli ekanligi borasida so‘rov tashkil qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”. So‘rov ishtirokchilarining 72 foizi gadjetning narxi haddan tashqari baland degan fikrni bildirdi.

Sotilayotgan bozordan kelib chiqib, Samsung smartfonining narxi kichik model uchun 720 dollar yoki 800 yevroni, katta model uchun esa 840 dollar yoki 900 yevroni tashkil qiladi.

Ko‘pchilik foydalanuvchilar Koreya kompaniyasi flagmanining narx va sifati nisbatini izohlar ekan, unga oshirib narx qo‘yilganini ta’kidladi.

Buning ustiga, bu yerda boshqa ishlab chiqaruvchilarning flagmanlari ham rol o‘ynaydi, xususan, Xitoy kompaniyalarining ba’zi smartfonlari shunga o‘xshash xususiyatlarga ega bo‘la turib, ba’zan ikki karra arzonroq narxda sotiladi.

OnePlus va Xiaomi kompaniyalari yaqinda o‘z flagmanlarini taqdim etishi kutilmoqda. Ularning qurilmalari ham Galaxy S8 kabi Snapdragon protsessori bilan jihozlanadi, ammo bor-yo‘g‘i 300—400 dollardan sotiladi.

Опубликовано: admin (4-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют