» » Samarqandda IIBga so‘roqqa chaqirilgan shaxs nima sababdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi

Samarqandda IIBga so‘roqqa chaqirilgan shaxs nima sababdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi


“IIBda so‘roq qilingan shaxs o‘ldi. Yaqinlari uning urib o‘ldirilganini iddao qilmoqda” sarlavhasi ostida ijtimoy yarmoqlarda tarqalgan maqola yuzasidan IIV huz

uridagi Tergov departamenti bayonot berdi.

Aniqlanishicha, 16-noyabr kuni fuqaro N.J. tuman IIB boshlig‘i nomiga, “O” ismli shaxs “marixuana” giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotish bilan shug‘ullanayotganligini, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab murojaat qilgan.

Shu kuni soat 13:30 larda Bulung‘ur tuman IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.R. 150 ming so‘m evaziga N.J.ga vazni 3,71 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini sotgan vaqtida ushlanib, yonidan vazni 0,78 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi va tadbirda ishlatilgan 150 ming so‘m pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Holat yuzasidan shu kunning o‘zida Bulung‘ur tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, O.R.ga nisbatan ayblov e’lon qilingan va “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov davomida N.J. tergovga olib kelinmagan va jinoyat ishi yuzasidan so‘roq qilinmaganligi aniqlangan.

16-noyabr kuni soat 16:10 larda N.J. Bulung‘ur tumani IIB JQB xizmat xonasida birlamchi hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida sog‘lig‘i yomonlashib, qon bosimi ko‘tarilishi va yurak xuruji bilan Tez tibbiy yordam mashinasida Bulung‘ur tumani tibbiyot birlashmasi jonlantirish bo‘limiga olib borilgan hamda shu yerda vafot etganligi ma’lum bo‘lgan.

Sud tibbiy ekspertizasining ma’lumotiga ko‘ra, N.J.ning tanasida tan jarohatlari aniqlanmaganligi, dastlabki sud tibbiy tashxisi — o‘tkir yurak qon tomir yetishmovchiligi, koronarokardioskleroz, yurakning ishimik kasalligi ekanligi aniqlangan.

Hozirda N.J.ning vafot etganligi holati yuzasidan Bulung‘ur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va tegishli ekspertiza tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют