» » Farg‘onada YPX xodimini urmoqchi bo‘lgan fuqaroga jazo tayinlandi

Farg‘onada YPX xodimini urmoqchi bo‘lgan fuqaroga jazo tayinlandi


Farg‘onada yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati xodimining xizmat faoliyatiga aralashib, qonuniy talablariga bo‘ysunmay urmoqchi bo‘lgan fuqaroga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, deb xabar beradi O‘zA.

Joriy yilning 28-oktabr kuni soat 10:00 larda Farg‘ona viloyati IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati batalyoni yo‘l-patrul xizmati ikkinchi otryadi uchinchi safarbar guruhi yo‘l-patrul xizmati katta inspektori belgilangan xizmat dislokatsiyasi asosida xizmat olib borgan. Inspektor Oltiariq tumani O‘zbekiston ko‘chasida yo‘l-harakati qoidasini 154-bandida ko‘rsatilgan qoidalarni buzib harakatlanib kelayotgan “VAZ-2101” rusumli avtomashinani to‘xtatadi.

Avtomobil haydovchisiga sodir etgan qoidabuzarligi holatini tushuntirib, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtida shu ko‘chadan o‘tib ketayotgan fuqaro A.Yulchiyev hech bir sababsiz xodimning xizmat faoliyatiga aralashib, haydovchi sodir etgan qoidabuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmay jo‘natib yuborishini talab qila boshlaydi. YPX inspektorini uyatli so‘zlar bilan haqorat qiladi. Uning qonuniy talablariga bo‘ysunmay urmoqchi bo‘ladi. Inspektor esa ishki ishlar bo‘limining navbatchilik qismiga holat yuzasidan xabar beradi. Shu kuni A.Yulchiyev Oltiariq tumani IIBga olib kelingan.

Mavzuga doir: Andijonda qoidabuzar haydovchi mashinasining jarima maydoniga olib ketilishiga qarshilik ko‘rsatdi (video)

IIBning tegishli xizmatlari xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Bag‘dod tumani ma’muriy sudining qaroriga ko‘ra fuqaro A.Yulchiyev Ma’muriy javobgarlik Kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) hamda 194-moddasi (“Ichki ishlar xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik”) 1-qismida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga 15 kun muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют