» » Kelgusi o‘quv yilida OTMlarga kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Kelgusi o‘quv yilida OTMlarga kirish imtihonlari qanday murakkablikda bo‘lishi ma’lum bo‘ldi


Davlat test markazi vakillari tomonidan ma’lum qilinishicha, abituriyentlarni bitiruv davlat attestatsiyasi sertifikati, ya’ni o‘rta va o‘rta-maxsus ta’lim muassasalarini bitirish chog‘ida topshiriladigan yakuniy davlat imtihonlari natijalari asosida o‘qishga qabul qilish masalasi ayni paytda o‘rganib chiqilmoqda. Tegishli vazirlik va idoralar bu masala bo‘yicha bir fikrga kelgach, tegishli qaror qabul qilinadi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturida xabar berildi.

2020—2021-o‘quv yilidan abituriyentlar oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun beshta fandan imtihon topshiradi. Savollar majmuasining birinchi bo‘limiga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan uchta fan — ona tili, matematika va O‘zbekiston tarixi kiritiladi. Ikkinchi qismiga esa tanlangan mutaxassislik bo‘yicha ikkita fan kiritiladi.

Davlat test markazi vakillari tomonidan ta’kidlanishicha, savollar majmuasining majburiy fanlar qismidagi savollar maktab dasturi asosida tuzilib, ularning murakkablik darajasi tanlangan mutaxassislik fanlari bo‘yicha beriladigan savollar darajasidan pastroq bo‘ladi.

Kiritilgan yangiliklarga abituriyentlarning munosabati o‘rganilganda, ular fanlarning ko‘payishi imtihonlarga tayyorlanish jarayonini murakkabkashtirishini bildirmoqda. Bunda asosiy muammo sifatida beshta fanga tayyorlanish uchun vaqtning yetishmasligi ko‘rsatilmoqda.

DTM tomonidan 22, 24 va 30-oktabr kunlari majburiy fanlar bo‘yicha approbatsiya o‘tkazilgan va ayni paytda natijalar tahlil qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют