» » Qirg‘iziston maxsus xizmati Sankt-Peterburg metrosidagi teraktda gumon qilinayotgan shaxs nomini oshkor etdi

Qirg‘iziston maxsus xizmati Sankt-Peterburg metrosidagi teraktda gumon qilinayotgan shaxs nomini oshkor etdi


Sankt-Peterburg metrosida sodir etilgan teraktda gumon qilinayotgan shaxs Qirg‘izistonning O‘sh shahrida tug‘ilib-o‘sgan. Bu haqda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi manba ma’lum qildi, deya xabar beradi “Interfaks”.

“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, teraktni O‘sh shahrida 1995-yilda tug‘ilgan, hozirda Rossiya fuqarosi bo‘lgan Akbar Jalilov amalga oshirgan. Qo‘mita Rossiya maxsus xizmatlari bilan aloqada bo‘lib turibdi”, — deya ta’kidladi agentlik suhbatdoshi.

Qirg‘iziston janubi kuch tizimlaridagi manbaga ko‘ra, O‘shdagi tegishli tuzilmalar Sankt-Peterburg metrosidagi teraktning ehtimoliy ijrochisi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar, jumladan, millati, yashash joyi, qarindosh-urug‘lari, qachon Rossiyaga ko‘chib o‘tganini tekshirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют