» » Jizzaxda tadbirkor bank filiali mansabdorlari bilan til biriktirib kredit mablag‘ini o‘zlashtirdi

Jizzaxda tadbirkor bank filiali mansabdorlari bilan til biriktirib kredit mablag‘ini o‘zlashtirdi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Arnasoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda juda ko‘p miqdordagi soliqlarni to‘lamaslik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, A.Q.I. MChJ rahbari O.P. jami 3,2 milliard so‘mlik savdodan tushgan naqd pullarni nazorat kassa mashinasiga kirim qilmasdan, juda ko‘p miqdordagi savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzganligi, hisobotlarda tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlarni ko‘rsatmasdan jami 339,5 million so‘m soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan.

Bundan tashqari, fuqaro O.P. M.A.X. MChJ rahbari sifatida faoliyatini davom ettirib, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Jizzax mintaqaviy filiali mansabdor shaxslari bilan til biriktirib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish haqidagi kredit shartnomasiga soxta ma’lumotlarni kiritib, 200 million so‘m kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro O.P. (1985-yilda tug‘ilgan) xuddi yuqoridagi kabi qilmishi, ya’ni soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash hamda savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish jinoyatlarini sodir etganligi uchun sud hukmi bilan aybli deb topilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.I. hamda M.A.X. MChJlar rahbari O.P. va “O‘zsanoatqurilishbank”ning Jizzax mintaqaviy filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 8) ( 0) ( 7) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют