» » Avtotransport vositalari va ulardagi fuqarolarning Davlat chegarasidan o‘tishning aniq vaqti belgilandi

Avtotransport vositalari va ulardagi fuqarolarning Davlat chegarasidan o‘tishning aniq vaqti belgilandi


Hukumat qarori bilan O‘zbekistonning Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni o‘tkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, Davlat chegarasi orqali o‘tadigan barcha shaxslar, transport vositalari va tovarlar chegara, bojxona, sanitariya-karantin, shuningdek, fitosanitariya va veterinariya nazoratiga tegishli bo‘lsa, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan o‘tkaziladi.

Ortiqcha ovoragarchiliklarning oldini olish maqsadida davlat nazorati organlari tomonidan o‘tkazish punktida haydovchilar, tovarlar va transport vositalarining nazorat tartib-taomillardan o‘tkazilishi “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi asosida amalga oshiriladi.

Nizomda o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining bo‘lish vaqti aniq belgilandi.

Ya’ni, avtotransportning o‘tkazish punktida bo‘lish vaqti uning turi va o‘tkazish punktining texnik holatiga qarab quyidagi muddatdan ortiq bo‘lmasligi kerak:

Bunda, avtotransportning har bir davlat nazorati organlari tomonidan tegishli tartib-taomillardan o‘tkazilishi vaqti O‘zbekistonga kirishda quyidagicha belgilangan:

Nizomda, shuningdek, qaysi hollarda nazorat tartib-taomilidan o‘tish vaqti belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Jumladan, o‘tkazish punktida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari qonunbuzarlik holatlarini aniqlaganida nazoratdan o‘tish vaqti belgilangan muddatdan ortiq bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют