» » Jizzaxda 15 yoshli maktab o‘quvchisi farzandli bo‘ldi

Jizzaxda 15 yoshli maktab o‘quvchisi farzandli bo‘ldi


Jizzaxda 2004-yilda tug‘ilgan 9-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

14-noyabr kuni Jizzax shahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi, 5-sonli o‘rta maktabning 15 yashar o‘quvchisi sog‘lig‘i yomonlashganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Jizzax filialiga murojaat qilgan. Shifokorlar uning homilador ekanligini aniqlab, Jizzax viloyati perinatal markaziga yo‘llanma bergan.

U shu kunning o‘zida 1-tug‘ruq bo‘limida 34 haftalik o‘g‘il farzandni dunyoga keltirgan.

Holat yuzasidan 19-noyabr kuni Jizzax shahar IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning yanvarida Toshkentdagi maktablarning birida 8-sinf o‘quvchisi, Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 14 yoshli qiz homilador bo‘lib qolgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют