» » Toshkent viloyatida haydovchilar uchun maxsus xizmat kiyimlari joriy qilinmoqda

Toshkent viloyatida haydovchilar uchun maxsus xizmat kiyimlari joriy qilinmoqda


Toshkent viloyati transport boshqarmasi sa’y-harakati bilan yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi “Nurafshon avtotrans service” unitar korxonasi, “Davron Imron Trans”, “Foton Avtotrans” va “Bagema Trans” MChJlarga tegishli avtobus va mikroavtobus haydovchilari maxsus xizmat kiyimlari bilan to‘liq ta’minlandi. Bu haqda Transport vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bu tajriba Toshkent viloyatida namuna sifatida boshlangani maqsad yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan avtotransport xizmati sifatini oshirish ekanligi bildirilmoqda.

“Hozirda Toshkent viloyatidagi qolgan barcha yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar haydovchilari ham ish faoliyati davomida maxsus xizmat kiyimlari bilan harakatlanishi, avtobuslarni toza va ozoda saqlashi, haydovchilarning muomala madaniyatiga rioya etgan holda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 61) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют