» » Andijonda gaz chaqnashi tufayli fuqaroning uyi portladi. Uch kishi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi

Andijonda gaz chaqnashi tufayli fuqaroning uyi portladi. Uch kishi kuyish jarohati bilan kasalxonaga yotqizildi


Andijonda gaz va havo aralashmasidan yuz bergan chaqnash oqibatida uch kishi jarohatlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

20-noyabr kuni kech soat 2:30 lar atrofida Andijon viloyatining Buloqboshi tumani “Shohguzar” MFY hududida yashovchi 1972-yilda tug‘ilgan fuqaro Xasanboy Esonov xonadonida gaz va havo aralashmasidan chaqnash bilan bog‘liq falokat sodir bo‘ldi. Mazkur chaqnash natijasida Xasanboy Esonovning turmush o‘rtog‘i S.Esonova 5 foiz, 2001-yilda tug‘ilgan o‘g‘li O.Musurmonqulov esa 45 foiz tana qismining kuyishi oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.

Ushbu ko‘ngilsiz holatning sabablari “Hududgaz Andijon” MChJ va tegishli idoralar tomonidan o‘rganilganda, fuqaro X.Esonov xonadoniga qo‘lbola (yumaloq shakldagi) isitish moslamasi o‘rnatib, unga 1,5 metr oddiy rezina shlang ulab foydalanishi hamda rezina shlangning yemirilishi oqibatida sizib chiqqan gaz hidini sezmasdan elektr chiroqni yoqib yuborishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi.

Hozirda hodisa yuzasidan tuman prokuraturasi va IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, 18-noyabr kuni xuddi shunday falokat Farg‘ona viloyatida ham yuz bergan edi.

“‘Hududgazta’minot’ AJ va uning respublikadagi filiallari tomonidan aholi o‘rtasida gazdan va ayniqsa, is gazidan zaharlanish kabi baxtsiz hodisalarni oldini olishga qaratilgan ogohlantirishlarga qaramay, afsuski, fuqarolar tomonidan uskunalarni ishlatish yo‘riqnomasi talablari va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinmasligi hamda o‘zboshimchalik bilan ish tutayotganliklari oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar kelib chiqmoqda.

‘Hududgazta’minot’ AJ yana bir bor gaz iste’molchilaridan ogoh bo‘lishlarini, xonadonlaridagi mavjud barcha gaz uskunalaridan yo‘riqnoma talablari va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda foydalanishlarini so‘raydi.

Texnik nosozlik kuzatilganda darhol gaz ta’minoti korxonalariga 104, 1104, 71 200-08-04 raqamlari orqali murojaat qilishni unutmang!”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 11:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют