» » Toshkent — Dushanbe aviareysi yo‘lovchilar kamligi sabab bekor qilindi

Toshkent — Dushanbe aviareysi yo‘lovchilar kamligi sabab bekor qilindi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining 4-aprel kuni Toshkentdan Dushanbega uchishi rejalashtirilgan birinchi reysi yo‘lovchilar kamligi sababli bekor qilindi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.

“Toshkent — Dushanbe yo‘nalishidagi A320 reysi yo‘lovchilar oqimi kamligi sababli amalga oshirilmadi”, — deya xabar qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

Yangi aviareysning amalga oshirilish sanasi ma’lum emas, aviakompaniya bu haqda qo‘shimcha xabar berishi bildirilgan. “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning yozgi parvozlar jadvaliga Toshkent — Dushanbe reysi kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent—Dushanbe reysi bo‘yicha parvozlar 4-apreldan boshlanishi va haftada ikki marta amalga oshirilishi ma’lum qilingandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют