» » Tanzila Norboyeva: Xalq muammolarni ko‘tarayotganidan hukumat aslo xafa bo‘lmasligi lozim

Tanzila Norboyeva: Xalq muammolarni ko‘tarayotganidan hukumat aslo xafa bo‘lmasligi lozim


Hukumat odamlar muammolarni ko‘tarib, bu haqda ma’lum qilayotganidan xursand bo‘lishi kerak. Bu haqda O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva bloger Kirill Altmanning Alter Ego dasturiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Har kuni ijtimoiy tarmoqlarni ochib, katta qiziqish bilan o‘qiyman. O‘zim uchun katta xulosalar chiqaraman. Deylik, odamlar u yoki bu muammoni ko‘taradi, demak biz bu haqda o‘ylashimiz kerak — nega bu muammolar odamlarni qiynayapti, nega bu muammolar xalq oldida turibdi deb o‘ylaymiz ham. Vaziyatni o‘nglashga qaratilgan qarorlarni qabul qilishga harakat qilamiz.

Hech qachon ko‘ngli to‘lmaydigan odamlar toifasi ham bor. Agar muammoni murojaatlarni ko‘tarish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda ko‘tarishsa, albatta, yaxshi bo‘lar edi.

Hukumat uning oldiga xuddi katalizortordek kelib, masala qo‘yadigan, vaziyatni o‘nglashda unga yordam beradigan odamlar borligidan xursand bo‘lishi kerak.

Odamlar — birinchi yordamchi va ular masalalarni ko‘tarayotganiga xursand bo‘lish, lozim. Hech qanday xafagarchilik bo‘lmasligi kerak.

Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Senati raisi

Mavzuga doir: Tanzila Norboyeva: Hali ham OAV va xalqdan yashirinib, qochib yurgan amaldorlar bor, lekin bu vaqtinchalik holat



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют