» » Yurak porogi bilan og‘riyotgan 6 yoshli Mohinaxon zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur

Yurak porogi bilan og‘riyotgan 6 yoshli Mohinaxon zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur


“Daryo” tahririyatiga Andijon viloyati Andijon tumanida yashovchi Jahongir Xudoyberdiyev yurak porogi bilan og‘riyotgan farzandi Mohinaxon Anvarovaga yordam so‘rab murojaat qildi.

Mohinaxon Anvarova 2013-yilda tug‘ilgan. 2019-yilda Andijon shahridagi ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganda unga yurak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan.

“Viloyatdagi shifokorlar Toshkentda operatsiya qilinglar, bu yerda qilolmaymiz, deyishdi. Keyin Akfa Medline shifoxonasiga olib borib tekshirtirdik. Ular qizalog‘im bu yil zudlik bilan operatsiya qilinishi kerakligi va operatsiyaga 34 million so‘m zarurligini aytishdi.

Oilada yagona boquvchi menman. Andijon lokomotiv deposida chilangar bo‘lib ishlayman. Mohinaxon o‘rtancha farzandim. Bir opasi va ukasi bor. Qo‘shimcha daromadim yo‘q. Mahallada kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida turamiz. Qizimni operatsiya qildirib, hayotini saqlab qolishga moddiy imkoniyatim yetmaydi. Biroq zudlik bilan  operatsiya qilinmasa, keyin kech bo‘lishi mumkin. Yaxshi insonlarning yordamiga juda-juda muhtojmiz”, — deydi biz bilan suhbatda Mohinaning dadasi Jahongir Xudoyberdiyev.

Biz barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan Mohinaxonning tuzalib ketishiga yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Mohinaxon Anvarovaga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali Jahongir Xudoyberdiyev nomiga ochilgan.

Milliy bank: 8600021057843305

Onasi Feruzaxon Xudoyberdiyeva nomiga ochilgan plastik kartochka

Mikrokreditbank: 8600052946911136

Otasi Xudoyberdiyev Jahongirning telefon raqami: +998 91 498-80-71



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют