» » Astana Arlans’ni mag‘lub qilgan Uzbek Tigers pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lgani oydinlashdi

Astana Arlans’ni mag‘lub qilgan Uzbek Tigers pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lgani oydinlashdi


Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum “C” guruhi 5-turi doirasida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi 1-aprel kuni Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans bokschilariga qarshi jang qilib, 4:1 hisobida zafar quchdi.

Mavzuga doir: Uzbek Tigers jamoasi Astana Arlans’ni mag‘lub qilgan uchrashuv videosharhi

Qatorasiga uchinchi g‘alabani qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschilar ochkolari hisobini 9 taga yetkazib oldi. Astana Arlans mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, 12 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib qoldi. Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasi 7 ochko bilan uchinchi, Xitoyning China Dragons bokschilari 3 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.

“C” guruhidagi singari “A” guruhida ham 5-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mavsum kashfiyotlaridan biri Colombia Heroicos o‘tkazilgan barcha janglarda g‘alaba qozonib, 15 ochko bilan guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsum chempioni – Cuba Domadores 13 ochko bilan ikkinchi o‘rinni band qilib turibdi. Uchinchi o‘rinda borayotgan Caciques Venezuela hisobida 4 ochko, to‘rtinchi o‘rindagi Argentina Condors’da esa 1 ochko mavjud.

“B” guruhi ishtirokchilari jami 4 ta tur o‘tkazishga ulgurdi. British Lionheatrs va France Fighting Roosters 10 ochkodan jamg‘argan holda 1–2-pog‘onani band qilib turibdi. Italia Thunder 7 ochko bilan uchinchi o‘rinda borayotgan bo‘lsa, Morocco Atlas Lions 2 ochko bilan so‘nggi o‘rinda turibdi.

Musobaqa qoidalariga ko‘ra, “A”, “B” va “C” guruhida 1–2-o‘rinlarni egallagan hamda eng yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan ikkita uchinchi o‘rin sohibi keyingi bosqichga chiqadi.

Demak, “C” guruhida Uzbek Tigers so‘nggi turda Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasiga qarshi bahs natijasidan qat’i nazar pley-off yo‘llanmasini naqd qilib bo‘ldi. Chunki “A” guruhida 3-o‘rinda borayotgan Venesuela jamoasida so‘nggi tur oldidan 4 ochko bor. Caciques Venezuela 6-turda g‘alaba qozonib, 7 ochkoga ega bo‘lsa ham Uzbek Tigers kamida 9 ochko bilan Venesuela jamoasidan yaxshiroq natija qayd etib turibdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют