» » Foto: Habib Nurmagomedov Toshkentga kelmoqda

Foto: Habib Nurmagomedov Toshkentga kelmoqda


MMA bo‘yicha Toshkent mezbonlik qiladigan GFC 20 musobaqasining faxriy mehmoni Habib Nurmagomedov Toshkentga kelmoqda. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

23-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan GFC 20 musobaqasida Habibning amakivachchasi Umar Nurmagomedov ham ishtirok etadi. Habib esa musobaqadan ikki kun oldin Toshkentga kelmoqda. U o‘tirgan samolyot Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aerportiga bugun kechki soat 22:00 da qo‘nishi haqida xabar bermoqda, “Daryo” manbalari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Habibning otasi Abdulmanap Nurmagomedov charter reys orqali Toshkentga yetib kelgandi.

Ma’lumot uchun, 21-noyabr kuni Toshkentdagi Hilton mehmonxonasida GFC 20 musobaqasidan oldingi matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 36) ( 0) ( 35) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют