» » Avstriyada Gitler tug‘ilgan uy politsiya idorasiga aylantiriladi (video)

Avstriyada Gitler tug‘ilgan uy politsiya idorasiga aylantiriladi (video)


Avstriyaning Braunau-am-Inn shahridagi Adolf Gitler tug‘ilgan uy politsiya idorasining binosiga aylantiriladi, deb xabar bergan Die Zeit.

“Uyning politsiya ixtiyoriga topshirilishi binoning umuman natsional-sotsializm yo‘lida ishlatilmasligiga turtki bo‘ladi”, — deydi Avstriya ichki ishlar vaziri Volfgang Peshorn.

Mavzuga doir:

2017-yilda Avstriya hukumati uyni hech kimga sotishni istamagan bekadan bir amallab xarid qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga doir: Adolf Gitler tug‘ilgan uyning egasiga yarim million yevro to‘lanadi

2011-yilga qadar Gitler tug‘ilgan xonadon binosidan nogironlar uyi sifatida foydalanilgan. Keyinchalik uy egasining talabiga ko‘ra nogironlar uyi binodan foydalanishi to‘xtatildi. 2016-yilda uyning buzilishi xabar qilindi, biroq keyin ushbu qaror o‘zgartirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 85) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют