» » O‘tgan haftada O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida 1 kg oltin sotildi

O‘tgan haftada O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasida 1 kg oltin sotildi


O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasida 2019-yil 11—17-noyabr kunlari o‘tkazilgan birja savdolarida “Olmaliq” kon-metallurgiya kombinati tomonidan bir kilogramm oltin sotildi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.

O‘tgan haftada oltinning narxi biroz pasaygan va 1 gramm oltinning narxi 446,5 ming so‘mni tashkil etgan. Haftalik savdo natijalariga ko‘ra, 446,5 million so‘mlik 1000 gramm Au-1 markali oltin sotilgan.

Qayd etilgan davr mobaynida 3572,7 tonna AI-91 markali benzin birja savdolariga qo‘yilgan. Shundan 3090,6 tonna benzin sotilgan. So‘nggi savdo haftasida AI-91 markali bir tonna benzin 6,223 million so‘mdan sotilgan.

O‘tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 13,2 milliard so‘mlik 4568,0 tonna suyultirilgan gaz sotdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 11,7% ga ko‘tarilib, bir tonna uchun 2,9 million so‘mni tashkil etdi.

Qora metall bozorida talab o‘sgan. Xususan, ST 12-35 GS armaturaning narxi 1,5% ga o‘sib, bir tonnasi uchun 5,693 million so‘mni tashkil qilgan. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 7,3 ming tonnani tashkil qilgan.

Sement bozori kichik o‘sish kuzatilgan. PS M-400 D-20 markali sement bo‘yicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 3,8% ga ko‘tarilib, bir tonnasi uchun 556,5 ming so‘mni tashkil qilgan. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460—750 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Qayd etilishicha, birjada paxta tolasi uchun yuqori darajadagi talab saqlanmoqda. O‘tgan hafta 1 nav 4 tipdagi paxta tolasi bo‘yicha narxlar 1,4% ga o‘sib, bir tonna uchun 14,9 million so‘mni tashkil etgan. Paxta tolasi boshqa navlarining narxlari o‘rtacha 7,3—13 million so‘mgacha bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют