WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Ukrainada gaz uchun yangi to‘lov joriy etilishiga qarshi deputatlar Oliy Rada minbarini qamal qildi
Ukrainada gaz uchun yangi to‘lov joriy etilishiga qarshi deputatlar Oliy Rada minbarini qamal qildi
Ukraina Radikal partiyasi vakillari Oliy Rada minbarini qamal qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Deputatlar energetika va kommunal xizmatlar sohasida davlat nazoratini amalga oshiradigan Milliy komissiyani tarqatib yuborishni talab qilmoqda.
Partiya vakillariga ko‘ra, ular Kiyev okrug ma’muriy sudiga komissiyaning gaz uchun abonent haqi joriy etish bo‘yicha qarorini bekor qilish yuzasidan murojaat qildi.
Ma’lumot uchun, Ukrainada gaz iste’moli to‘lovbdan tashqari gaz tarmog‘iga ulanganlik uchun abonent haqi ham joriy etilgan bo‘lib, u har oyda hisoblagich asosida to‘lab boriladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?