» » O‘zbekistondagi sport maktablarining ayrim xodimlari maoshi oshiriladi

O‘zbekistondagi sport maktablarining ayrim xodimlari maoshi oshiriladi


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda O‘zbekistonda trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, 2019-yil 1-dekabrdan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan trenerlar Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda uning filiallari bazasida har 5 yilda attestatsiyadan o‘tkaziladi.

2020-yil 1-yanvardan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy gvardiya tasarrufidagi sport maktablarining direktorlari, direktor o‘rinbosarlari, trener, instruktor-metodistlari hamda olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlarining trener, instruktor-metodistlarining bazaviy tarif stavkalari o‘rtacha 1,35 baravarga oshiriladi.

Qaror bilan trenerlarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun belgilangan namunadagi ruxsatnoma beriladi.

Ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun to‘lov kunidagi BHMning bir barobari hisobida (223 000 so‘m) to‘lov undiriladi.

Quyidagi shaxslarga attestatsiyadan o‘tmasdan va to‘lovni undirmagan holda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma cheklanmagan muddatga beriladi:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2019, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют