» » Samarqand xalq ta’limi bo‘limi maktab direktori nega kechki payt yig‘ilish o‘tkazganiga izoh berdi

Samarqand xalq ta’limi bo‘limi maktab direktori nega kechki payt yig‘ilish o‘tkazganiga izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahridagi 28-umumta’lim maktabining direktori yig‘ilishlarni soat 17:00 dan keyin o‘tkazayotgani haqidagi xabar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahar xalq ta’limi bo‘limi izoh berdi.

28-umumta’lim maktabi 964 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 1135 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Darslar 2 navbatda tashkil etilgan va 64 nafar pedagog ishlaydi.

“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va Davlat ta’lim standartlariga ko‘ra, vaqtiga muvofiq maktabda dars soatlari belgilangan. Maktabda ta’lim sifati, samaradorligi hamda ish rejasidagi masalalarni pedagog jamoa bilan muhokama qilish talab etiladi va bu ishlar darslardan so‘ng olib boriladi. Agar shu kabi yig‘ilishlar oldinroq o‘tkazilib, o‘qituvchilar jalb qilinsa, belgilangan dars soatlarini o‘tishning imkoni bo‘lmaydi.

“Darvoqe, oilaviy sharoiti tushuntirilib, javob so‘raganlar kengashda ishtirok etishdan ozod etiladi”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют