» » Bugun O‘zbekiston bo‘ylab ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi (ro‘yxat)

Bugun O‘zbekiston bo‘ylab ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi (ro‘yxat)


Bugun, 21-noyabr kuni Respublikaning ayrim hududlarida ta’mirlash ishlari olib borilishi sabab vaqtincha elektr tarmoqlarida uzilish sodir bo‘ladi, deb xabar berdi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati.

Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga qarashli 10 kVl transformator punktida rejali joriy ta’mirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida “Xurshid” mahallasining 2-tor To‘qimachi va 1, 2, 3-tor Atoiy, Nashriyot ko‘chalari hamda “Zulfizar” mahallasi 1, 2-tor Taqachi ko‘chalaridagi aholi xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 17:00 qadar uzilish bo‘ladi.

Andijon viloyatining Andijon tumanidagi “Ayrilish” MFY hududida joylashgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning “Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali tasaruffidagi 220 kV li “Yulduz” podstansiyasida T2-125 MVA quvvatli avtotransformatorni 200 MVA quvvatli avtotransformatorga almashtirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 20-noyabrdan 25-noyabrgacha viloyatning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi “Chimboy” podstansiyasida joriy ta’mir hamda qishga tayyorgarlik ishlari olib borilishi sababli “Oqtovuq”, “Chimboy”, “Bessari”, “Sho‘r”, “Shodlikobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida:

Xorazm viloyati Shovot tumanining “Qatqal’a”, “Arbob”, “Qunduz”, “Tuproqqal’a”, “Yangi turmush”, “Oydin”, “Oydinqal’a”, “Idaliqal’a”, “Komiljan Otaniyozov”, “Botirlar” mahallalarida;

Navoiy viloyati “G‘azg‘on” podstansiyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarilishi munosabati bilan Nurota tumanidagi “Tumor”, “Shayxon”, “Guliston”, “Marmarobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida yashovchi aholi xonadonlarida soat 09:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasi ta’minotida vaqtincha uzilish bo‘ladi.

Hududiy elektr tarmoqlari” AJ keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют