» » Oqqo‘rg‘onda xaridor sotuvchiga 3,4 mln so‘m qalbaki pullarni berib ketgani aniqlandi

Oqqo‘rg‘onda xaridor sotuvchiga 3,4 mln so‘m qalbaki pullarni berib ketgani aniqlandi


Oqqo‘rg‘onda qalbaki yuz ming so‘mlik kupyuralar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Departamentning Oqqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi chorva mollari bozorida fuqaro I.I.ning ikki bosh qo‘yini notanish fuqaro 3 million 400 ming so‘mga xarid qilib, uni aldab, seriya raqamlari bir xil bo‘lgan 34 dona 100 000 so‘mlik kupyuradagi jami 3,4 million so‘m qalbaki pullarni berganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-(Firibgarlik) va 176-moddalari (Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 11:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют