» » Sirdaryoda tuman hokimi nomidan qalbaki qaror chiqarib bergan firibgarlar aniqlandi

Sirdaryoda tuman hokimi nomidan qalbaki qaror chiqarib bergan firibgarlar aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tuman hokimi nomidan qalbaki qaror chiqarib bergan firibgarlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, fuqaro I.T. tuman hokimiyatida ishlovchi tanishlari orqali tumandagi Yangi hayot mavzesi hududidan uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berish evaziga uch nafar fuqarodan jami 45,3 million so‘m olgan. Ushbu mablag‘larning 1000 AQSh dollarini 2018-yilning dekabrida Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga S.X.ga bergan. S.X. esa uy-joy qurish uchun yer maydoniga tuman hokimining nomidan qalbaki qarorlar chiqarib, I.T. orqali fuqarolarga berganligi aniqlangan.

Shuningdek, I.T.ning qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi haqidagi murojaati yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda S.X. bilan uchrashib, unga bergan qarorlari soxta ekanligini, fuqarolar pullarini talab qilayotganligini aytib, undan muqaddam bergan 1000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini qaytarib olgan vaqtida S.X. ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi S.X. va fuqaro I.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda hokimlik vakillari bosh vazir Abdulla Aripov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev imzosini qalbakilashtirib, yarim million dollarni qo‘lga kiritgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют