» » O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan eng ko‘p savdo qilishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston qaysi davlatlar bilan eng ko‘p savdo qilishi ma’lum qilindi


Davlat Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning yanvar—oktabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 34,7 milliard dollarni tashkil etib, 8,89 milliard dollarga yoki o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 34,4 foizga oshgan.

Ushbu ko‘rsatkichdan eksport hajmi 14,8 milliard dollarga (o‘sish sur’ati — 43,3 foiz) va import hajmi esa 19,9 milliard dollarga (o‘sish sur’ati — 28,5 foiz) yetdi. Hisobot davrida 5,1 million dollarga qiymatida passiv tashqi savdo aylanmasi qayd etilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2019-yilda 7 mlrd dollardan oshishi mumkin

Qayd etilishicha, O‘zbekiston jahonning 189 dan ortiq mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Respublika bilan tashqi savdo aylanmasi eng yuqori bo‘lgan davlatlar Xitoy (19,1 foiz), Rossiya (15,1 foiz), Qozog‘iston (8,4 foiz), Koreya Respublikasi (6,5 foiz), Turkiya (5,9 foiz), Germaniya (2,4 foiz) va AQSh (1,6 foiz)dir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют