» » Namanganda egizak minoralar quriladi

Namanganda egizak minoralar quriladi


“MJ Developers” xalqaro qurilish kompaniyasi Namangan Square yirik loyihasining boshlanganini e’lon qildi. Kompaniya matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berishicha, mintaqadagi birinchi Smart City 18 gektar maydonda Braziliya, Hindiston, BAA, Rossiya va boshqa mamlakatlarda yirik loyihalarni amalga oshirish tajribasiga ega ishlab chiqaruvchi tomonidan quriladi.

“Namangan asrlar davomida hunarmandchilik va o‘ziga xos arxitektura markazi bo‘lib kelgan. Namangan Square tushunchasini yaratishda bizning me’morlarimiz va dizaynerlarimiz Farg‘ona vodiysi ushbu durdonasining ajoyib tarixidan ilhom olishdi. Ushbu shahar Yevrosiyo savdo yo‘llari chorrahalarida tashkil etilganidan beri muhim iqtisodiy markazga aylandi va bizning loyihamiz uning biznes faoliyati uchun organik qism va diqqatga sazovor joy bo‘lish uchun yaratilgan. Biz 2021-yilda Namangan Square 10000 fuqaroning uyiga aylanishini kutmoqdamiz”, — deydi “MJ Developers” hammuassisi Ankit Jalan.

Taxminan 325 000 kvadrat metr ish joylari, turar joylari va chakana savdo maydonchalarini 10 gektardan ortiq park maydonida noyob landshaft dizayn bilan qurish rejalashtirilgan bo‘lib, u zamonaviy yechimlarni Namangan bog‘dorchiligining qadimiy an’analari bilan uyg‘unlashtiradi.

Puxta o‘ylangan sport va hordiq chiqarish muhiti Namangan Square aholisi va mehmonlariga yugurish va velosiped yo‘llaridan tashqari vorkaut va skeyting uchun to‘laqonli  maydonlarni, shuningdek, basketbol, tennis, futzal va golf mashqlari uchun maydonlarni taqdim etadi. Ilg‘or “yashil” texnologiyalar Namangan Square’ni eng ekologik qulay tumanga aylantiradi, bu esa ularni keyinchalik shahar va viloyat bo‘ylab tarqatishga imkon beradi, deyiladi xabarda.

Namangan Square’ning asosiy bezagi noyob dizayn va konstruksiyali ikki bino bo‘ladi. Farg‘ona vodiysidagi ushbu birinchi osmono‘par binolar, shubhasiz, viloyatning diqqatga sazovor joylari va uning eng yuqori me’moriy tuzilmalari ro‘yxatini to‘ldiradi.

Namangan Square loyihalashtirish 50 million kvadrat metrdan ortiqroq arxitektura tajribasiga ega dunyoga mashhur hind arxitektori Hafiz Kontraktor tomonidan amalga oshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют