» » Sankt-Peterburgdagi portlash oqibatida jabrlanganlar ichida O‘zbekiston fuqarosi ham bor

Sankt-Peterburgdagi portlash oqibatida jabrlanganlar ichida O‘zbekiston fuqarosi ham bor


Sankt-Peterburg metrosida ro‘y bergan portlash oqibatida jabr ko‘rganlar ichida chet el fuqarolari ham bor. Bu haqida shahar gubernatori Georgiy Poltavchenko 4-aprel, seshanba kuni ma’lum qildi, deb xabar berdi “Interfaks”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar Belorussiya, Tojikiston hamda O‘zbekiston fuqarolaridir.

Shuningdek, Poltavchenko jabrlanganlar orasida Rossiya Federatsiyasining turli viloyatlaridan bo‘lgan 17 kishi ham borligini qo‘shimcha qildi. Jabrlanganlarning yaqinlari allaqachon Peterburgga yetib kelgan, ularga “Moskva” mehmonxonasidan tekin xonalar ajratilgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, portlash oqibatida 14 kishining o‘limi qayd etilgan: 11 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 3 kishi olingan jarohatlar oqibatida olamdan o‘tgan.

Опубликовано: admin (4-04-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют