» » “Eriell Group” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” bilan birgalikda gaz tashuvlarini amalga oshirmoqda

“Eriell Group” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” bilan birgalikda gaz tashuvlarini amalga oshirmoqda


Gazli mintaqasida “Kulbeshkak” konining BVN-2 qudug‘idan “Kulbeshkak–Uchqir” gaz kollektoriga ulanish nuqtasiga qadar gaz quvurlarini yotqizish bo‘yicha qurilish ishlari yakunlandi. Gaz quvurining umumiy uzunligi 2,9 km, diametri 426x18 mm ni tashkil etadi.

Kompaniya 10 kun muddat ichida quvurlarni tashib keltirib, qurilish-montaj ishlarini amalga oshirdi va gaz quvurini ishga tushirgan holda oldiga qo‘yilgan vazifani uddaladi.

Kompaniya bergan izohiga ko‘ra, ushbu gaz quvuri mavjud quvurlarga ortiqcha yuklamani kamaytirib, “Kulbeshkak” konining BVN-2 qudug‘idan Uchqir oltingugurtdan tozalash qurilmasiga qadar gaz tashuvini oshirish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, uglevodorod xomashyosini qazib chiqarish bo‘yicha ishlar “Uglevodorod xomashyosi qazib chiqarilishini ko‘paytirish bo‘yicha 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni amalga oshirish doirasida olib borilmoqda.

“Eriell Group” kompaniyasi matbuot xizmati.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 19) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют