» » O‘zbekistonda 22-noyabr kuni tuman tushib, ayrim joylarda kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 22-noyabr kuni tuman tushib, ayrim joylarda kuchli qor yog‘ishi kutilmoqda


“O‘zgidromet” O‘zbekistonda 22-noyabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Toshkent shahri

Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—2 daraja sovuq, kunduzi 0—2 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, ba’zi joylarda 8 darajagacha sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida kechasi 10—15 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga doir: “O‘zgidromet” 2019-yil kuzining agrometeorologik sharoitlariga sharh berdi

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq — 3 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq — 2 daraja iliq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi hamda tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7—12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 0—5 daraja sovuq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют